Shaharsozlik kodeksi 17-modda. Obyektlarni qurish boʻyicha pudratchilar

Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar shuningdek jismoniy shaxslar obyektlarni qurish boʻyicha pudratchilar (bundan buyon matnda pudratchilar deb yuritiladi) boʻlishi mumkin. Jismoniy shaxslar pudratchilar sifatida: ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish; mavsumiy ishlar va yaylov chorvachiligi uchun vaqtinchalik imoratlarni, xoʻjalik-maishiy binolarini qurish; yakka tartibdagi tomorqa yer uchastkalari hududida, shuningdek jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarida xoʻjalik-maishiy imoratlarini qurish; tomorqa yer uchastkalarida va mavjud muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirish talab etilmaydigan jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalarini obodonlashtirish; umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan, yigʻma-qismlarga ajraladigan konstruksiyalardan quriladigan savdo obyektlari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari uchun bir qavatli bino va inshootlarni qurish; ikkitadan koʻp boʻlmagan avtomashinaga moʻljallangan bokslardan iborat garajlarni qurish; kichik arxitektura shakllarini qurish va hududlarni oʻrash; ochiq sport maydonchalari, yoʻlaklar qurish, bino va inshootlar atrofiga tosh yotqizish; reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish; mulkdorlarning shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan texnik jihatdan murakkab boʻlmagan imoratlarni qurish boʻyicha ishlarni amalga oshirishi mumkin. Pudratchilar: binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning yangi konstruktiv yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy boʻlinmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolarning, inshootlarning va boshqa obyektlarning arxitektura-badii