Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi; shaharsozlik faoliyati sohasida oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh tarhini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi; Toshkent va Nukus shaharlarining, shuningdek respublika va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi; shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini belgilaydi; davlat shaharsozlik kadastrini hamda shaharsozlik faoliyati obyektlarining monitoringini yuritish tartibini belgilaydi; umumdavlat ahamiyatiga molik obyektlarning shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi; shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi; shaharsozlik faoliyati sohasida davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʻtka