Shaharsozlik kodeksi 54-modda. Aholi punktining bosh rejasi

Aholi punktining bosh rejasida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilanadi: aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari; hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati; aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari; aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbati; aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar; aholi punktining chegaralari; aholi punkti hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari. Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin. Oʻrtacha va kichik shaharchalarning, shuningdek qishloqlar va ovullarning bosh rejalarini ishlab chiqish batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bilan birga yagona hujjat sifatida qoʻshib bajarilishi mumkin. Hududida madaniy meros obyektlari boʻlgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda aholi punktining tarixiy-arxitektura rejasi va madaniy meros obyektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi. Aholi punktining bosh rejasi yigirma — yigirma besh yillik hisob-kitob muddatiga moʻljallanib ishlab chiqiladi. Aholi punktining bosh rejasi u toʻliq amalga oshirilguniga qadar yoki yangi bosh reja tasdiqlanguniga qadar amal qiladi. Aholi punktining bosh rejasi mavjud boʻlmaganda yoki uning yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bogʻliq masalalar tuman (shahar) qurilish boʻlimining taqdimnomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmala