Shaharsozlik kodeksi 70-modda. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar

Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmaydigan dafn qilish joylari, chorva mollari koʻmiladigan joylarni, maishiy chiqindilar tashlanadigan axlatxonalarni va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun ajratiladi. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar uchun sanitariya-himoya zonalari oʻrnatiladi. Maxsus maqsadlarga moʻljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, maxsus normativlarning va qurish qoidalarining talablari inobatga olingan holda belgilanadi.