Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 14-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish

Shaxsga doir maʼlumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etishga, shu jumladan shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida hammaga maʼlum qilishga, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishga yoki shaxsga doir maʼlumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatishdir. Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʻishning ilgari bildirilgan maqsadlaridan chetga chiqilgan hollarda, ushbu maʼlumotlarni tarqatish subyektning roziligi bilan amalga oshiriladi.