Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida 16-modda. Shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirish

Amalga oshirilishi natijasida shaxsga doir maʼlumotlarning muayyan subyektga tegishliligini aniqlash imkoni boʻlmay qoladigan harakatlar shaxsga doir maʼlumotlarni egasizlantirishdir. Tarixiy, statistik, sotsiologik, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berilayotganda mulkdor va operator, shuningdek uchinchi shaxs bu maʼlumotlarni egasizlantirishi shart.