Ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida soliq organiga ariza soliq toʻlovchi tomonidan undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil ichida berilishi mumkin. Ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalari inobatga olingan holda, uning yozma arizasiga koʻra, bunday ariza soliq organi tomonidan qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, Tadbirkorlik subyektlarining yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga esa (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) unga hisoblangan foizlar bilan birga uch kun ichida (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno) qaytarilishi lozim. Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq toʻlovchi undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanadi. Foizlar undirilgan kundan keyingi kundan eʼtiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu kunlardagi amal qilayotgan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. Agar soliq ortiqcha undirilgani fakti aniqlangan boʻlsa, soliq organi ortiqcha undirilgan soliq summasini, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha undirilgan summaga hisoblangan foizlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish hisobidan yoki oʻsha soliq turi boʻyicha yoxud ushbu Kodeks 103-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olish