Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi: 1) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi asosida — soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmasdan; 2) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi asosida — soliq organining talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni; 3) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida — soliq organining tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish huquqi berilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay; 4) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi asosida — soliq toʻlovchining (soliq agentining) u maʼlum qilgan manzilida yoʻqligining asosliligi soliq organi tomonidan eʼtirof etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay. Bunday eʼtirof uchun soliq toʻlovchining vakili soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi shart. Soliq toʻlovchi (soliq agenti) boshqa soliq organida hisobga qoʻyilganda, agar hisobda turish joyi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlar oldingi hisobda turish joyidagi soliq organiga maʼlum boʻlmasa, shuningdek texnik xatolar yuz berganda va boshqa shu kabi hollarda soliq toʻlovchining hisobga olingan joyda yoʻqligi asosli deb eʼtirof etilishi mumkin. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) uning filiali yoki alohida boʻlinmasi hisobda turgan joyda yoxud soliq solish obyekti hisoblangan mulki joylashgan yerda yoʻqligi, xususan filial yoki alohida boʻlinma tugatilgan yoki koʻrsatilgan mulk realizatsiya qilingan taqdirda asosli deb eʼtirof etilishi mumkin. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda bunday qaror qabul qilingan kundan keying