Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan eʼtiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Ushbu arizaga quyidagilarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tarzda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻzi taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning; 2) maxsus ruxsat beruvchi hujjatlarning yoki litsenziyalarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda); 3) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda); 4) ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnomaning (mavjud boʻlgan taqdirda). Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻz faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan bir nechta shartnomalar tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan oshadigan boʻlsa, oʻsha shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar