Soliq organlari soliq nazoratini: 1) soliq tekshiruvlari; 2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi. Bojxona organlari tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarga nisbatan oʻz vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.