Soliq kodeksi 150-modda. Ekspertiza

Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir aniq harakatlarni oʻtkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi mumkin. Shaxsni ekspert sifatida jalb etish soliq organi va ekspert oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Agar yuzaga keladigan masalalarni tushuntirish uchun ilm-fan, sanʼat, texnika yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar talab etilsa, ekspertiza tayinlanadi. Soliq organining soliq nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsida bunday bilimlarga egaligi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. Ekspert oldida qoʻyilgan masalalar va uning xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan chiqishi mumkin emas. Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) qabul qiladi. Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza oʻtkazishi kerak boʻlgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspertning oldiga qoʻyiladigan masalalar va uning ixtiyoriga beriladigan materiallar koʻrsatiladi. Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli tekshiruv materiallari bilan tanishishga, oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli. Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida oʻzi oʻtkazgan tekshirishlar, ular asosida qilingan xulosalar hamda qoʻyilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi. Agar ekspertga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa yoki u ekspertiza oʻtkazish uchun zarur bilimlarga ega boʻlmasa, ekspert xulosa berishni rad etishi mumkin. Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi tekshirilayotgan shaxsni ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirishi va uning ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Ekspertiza tayinlash va oʻtkazish jarayonida tekshirilayotgan shaxs: 1) ek