Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda esa — xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid tadbir tugagach taqdim etiladi. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda videotasvirga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati mavjud boʻlmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarga majburiy tartibda jalb etiladi.