Soliq kodeksi 162-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro etishning oʻziga xos xususiyatlari

Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, soliq organi tomonidan aniqlangan shunday qoidabuzarliklar yuzasidan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini yoki soliq auditini oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Ushbu huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda ularni sodir etganlikda aybdor boʻlgan jismoniy shaxslarga va yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Agar soliq organi jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin materiallarni prokuratura organlariga yuborgan boʻlsa, ushbu soliq organi shu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turishi shart. Materiallarni prokuratura organlariga yuborish bilan bir vaqtning oʻzida ushbu jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi toʻxtatib turiladi. Bunday toʻxtatib turish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan materiallar prokuratura organlariga yuborilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliq qarzini undirish muddatlarining oʻtishi ushbu soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turish davriga toʻxtatib turiladi. Agar prokuratura organlariga yuborilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror chiqariladigan boʻlsa, soliq organining toʻxtatib turilgan qarorlarining amal qilishi qayta tiklanadi. Qarorning amal qilishini qayta tiklash soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan prokuratura organlaridan ushbu faktlar toʻ