Soliq kodeksi 173-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi

Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan oʻz xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer boʻyicha oʻtkaziladi. Agar soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻrtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi. Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa oʻn kun davomida kiritiladi. Agar taqdim etilgan tushuntirishlar koʻrib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning 174-moddasida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan fikrini tuzishi shart. Soliq monitoringi oʻtkazilayotganda soliq organi soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) bilan bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga haqlidir. Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin. Hujjatlarni qogʻoz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan h