Soliq kodeksi 176-modda. Transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Oʻzaro aloqador taraflar oʻrtasidagi bitimlarda shakllanadigan va (yoki) mustaqil shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilayotganda taqqoslanadigan iqtisodiy sharoitlarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan xolis tarzda shakllanadigan narxdan farq qiladigan narx ushbu Kodeks maqsadida transfert narx deb tushuniladi. Oʻzaro aloqador taraflar faoliyatining mustaqil shaxslar tomonidan taqqoslanadigan iqtisodiy sharoitlarda olinishi mumkin boʻlgan sharoitlar va natijalardan farq qiladigan tijoratga oid va (yoki) moliyaviy sharoitlar va (yoki) natijalar ushbu Kodeksning maqsadida transfert narxni belgilash deb tushuniladi. Bitimning taraflaridan biri tomonidan olinishi mumkin boʻlgan, lekin transfert narxni belgilash natijasida taraf olmagan har qanday daromadlar soliq solish maqsadida ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda bitimning shu tarafida hisobga olinadi. Ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarining daromadlari soliq solish maqsadida bitim narxining bitim predmeti boʻlgan tovarlarga (xizmatlarga) doir bozor narxidan farq qilishiga sabab boʻlgan toʻliq olinmagan daromadlar summasiga koʻpaytirilishi mumkin. Bunda shunday bitimlar ishtirokchilari oʻzaro aloqador yoki mustaqil shaxslar ekanligi eʼtiborga olinmaydi. Xuddi shunday qoidalar ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan bitimlarda qoʻllanilishi mumkin. Soliq solish maqsadida daromadlarni hisobga olish budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq aniqlanadigan zarar summasining koʻpayishiga olib kelmagan taqdirda, bunday hisobga olish ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan daromadlarni aniqlash ushbu boʻlimda belgilangan usullarni qoʻllagan holda transfert narxni belgilash chogʻida soliq nazorati doirasida, Oʻzbekiston