Soliq kodeksi 180-modda. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar

Ushbu Kodeks maqsadida, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof etiladi: 1) mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha tegishli kalendar yildagi daromadlar summasi (bitimlar narxlarining summasi) besh milliard soʻmdan oshsa; 2) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi maxsus soliq rejimini qoʻllasa yoki maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlsa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida maxsus soliq rejimlarini qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa; 3) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllasa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa; 4) bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti boʻlsa, agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa. Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlsa. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan oʻzaro aloqador boʻlmagan shaxslar ishtirokida (vositachiligida) tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor oʻzaro aloqador shaxslar boʻlsa, ushbu Kodeks maqsadida oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimga tenglashtiriladi. Bunday hollarda, oʻz ishtirokida (vositachiligida) bitimlarning mazkur ketma-ketligi yoki majmui amalga