Soliq kodeksi 184-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlili

Bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bu shartlarning ushbu bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlariga yoxud ularning moliyaviy natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflari hisobga olinadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: 1) tovarlarning soni, koʻrsatiladigan xizmatlarning hajmi; 2) bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddatlari; 3) tegishli bitimlarda qoʻllaniladigan toʻlovlarning shartlari; 4) bitimda qoʻllanilgan chet el valyutasining soʻmga yoki boshqa valyutaga nisbatan kursi va uning oʻzgarishi; 5) bitim taraflari oʻrtasidagi huquqlar va majburiyatlarni taqsimlashning boshqa shartlari. Bitimlarning asosiy tavsiflari jumlasiga quyidagilar ham kiradi: 1) bitim predmeti boʻlgan tovarlarning (xizmatlarning) tavsiflari; 2) ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq bitim taraflari tomonidan bajariladigan vazifalarning tavsiflari, shu jumladan bitim taraflari foydalanadigan aktivlarning, oʻz zimmasiga oladigan tavakkalchiliklarning tavsiflari, shuningdek bitimlar taraflari oʻrtasidagi javobgarlikning taqsimlanishi va boshqa shartlar (bundan buyon ushbu boʻlimda funksional tahlil deb yuritiladi); 3) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning (kontraktlarning) shartlari; 4) bitim taraflari faoliyatining iqtisodiy shartlari tavsiflari; 5) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflarining bozor (tijoratga oid) strategiyalari tavsiflari. Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilish chogʻida taqqoslanadigan va tahlil etiladigan bitimlar tuziladigan bozorlarning tavsiflari hisobga olinishi kerak. Bunda quyidagi omillar eʼtiborga olinadi: 1) bozorlarning geografik joylashgan yeri va ularning oʻlchami; 2) bozorlarda raqobatning mavjudligi hamda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning nisbiy raqobatbardoshliligi; 3) bozorda bir turdagi tovarlarning (xizmatlarning) mavjudligi; 4) bozordagi t