Soliq kodeksi 186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar

Transfert narxni belgilash chogʻida soliq nazorati oʻtkazilganida (shu jumladan nazorat qilinadigan bitimning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda uning natijalari taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda ularning natijalari bilan taqqoslanganda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu moddada belgilangan tartibda quyidagi usullardan foydalanadi: 1) taqqoslanadigan bozor narxlarining usulidan; 2) keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan; 3) xarajat usulidan; 4) taqqoslanadigan rentabellik usulidan; 5) foydani taqsimlash usulidan. Zarur boʻlgan hollarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi. Agar soliq solish maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa yoxud uni qoʻllash nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarish imkonini bermasa, ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida koʻrsatilgan boshqa usullarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. Agar tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorida hech boʻlmaganda bir turdagi tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan bitta taqqoslanadigan bitim mavjud boʻlsa, shuningdek bunday bitim haqida yetarlicha axborot mavjud boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlash uchun taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalaniladi. Soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimi narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash uchun ushbu soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan tu