Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar toʻgʻrisida, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni toʻldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; oʻz soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish; ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish; ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash; soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; ushbu Kodeksga muvofiq oʻz hududida oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini oʻtkazish chogʻida hozir boʻlish; sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan talablarini bajarmaslik; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega boʻlmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslari