Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Shaxsning soliq organiga yoki sudga soliq organining kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi. Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʻyicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga ham shikoyat qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi. Yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yubo