Quyidagilar soliq solish obyektidir: 1) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma; 2) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish. Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish; 2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) oʻtkazish; 3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining oʻzi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi; 4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi