Soliq kodeksi 257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish

Soliq toʻlovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda; 2) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda; 3) bitim shartlari oʻzgarganda, shu jumladan joʻnatilgan tovarlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) oʻzgarganda; 4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda. Ushbu bandda nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq toʻlovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan boʻlsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan bajarishni, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq toʻlashni nazarda tutishi mumkin. Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki koʻpaytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq umid qilib boʻlmaydigan qarzdorlik deb eʼtirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim boʻlgan hollarda ham amalga oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qoʻshimcha hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar roʻy bergan soliq davrida amalga oshiriladi. Soliq bazasi xatolarni tuzatish natijasida oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ilgari yozib berilgan hisobvaraq-fakturaga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish zarur bo