Soliq kodeksi 26-modda. Soliq organlarining huquqlari

Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq toʻlovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish; ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish; hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq toʻlovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarni koʻzdan kechirish; mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori boʻyicha muhrlash; soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qoʻyish; foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa maʼlumotlarni olish; tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; soliq toʻlovchi hisob hujjatlarini yoʻqotgan yoki yoʻq qilgan hollarda soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash; oʻzaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligi, toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan soliq monitoringini oʻtkazish; soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrish; soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va moliyaviy sanksiyalar qoʻllash; soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Yuri