Guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq toʻlovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi. Guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi). Hisobvaraq-fakturalar soliq xavfining yuqori darajasiga kiritilgan taqdirda, mazkur hisobvaraq-fakturalar asosida tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha soliq summasini hisobga olish maqsadida soliq soliq agenti tomonidan toʻlanishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchi boʻlgan va soliq toʻlovchidan tovarlarni (xizmatlarni) oluvchi yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchida soliq boʻyicha salbiy farq yoki ortiqcha toʻlov summasi hosil boʻlgan taqdirda, bunday summa soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olinishi yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibda qoplanishi (qaytarilishi) mumkin. Tovarlarni yetkazib beruvchilar (xizmatlar koʻrsatuvchilar) tomonidan rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning yuqori xavf darajasiga kirishi ular tomonidan olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda hisobga olish huquqidan mahrum etmaydi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliq summalari soliq agentida tegishli sol