Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi: 1) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari ushbu boʻlimga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun moʻljallangan asosiy vositalar, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda); 2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan asosiy vositalarni, koʻchmas mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va taʼmirlash uchun sotib olinganda; 3) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda; 4) tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; 5) vakillik xarajatlari; 6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular boʻyicha soliq toʻlagan hollar mustasno; 7) soliq toʻlovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda. Yuqori xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar asosida tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilgan xaridorlar tomonidan mazkur hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi hisobga olinmaydi, bundan ushbu Kodeksning 266¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq summasi toʻlangan hollar mustasno. Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chogʻida toʻlagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chogʻida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq boʻlmasa, hisobga olinmaydi: 1) yengil avtomobillarni