Soliq kodeksi 269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish

Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda; 2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yoʻqligida esa soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yoʻqotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya, yoʻl-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yoʻqotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi; 3) yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb eʼtirof etilganda; 4) soliq toʻlovchi maqomini yoʻqotganda (yoki soliq toʻlashdan ozod qilinganda); 5) ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan koʻchmas mulk obyektlarida saqlanganda. Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi). Tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi oʻn ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi lozim boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga toʻgʻri keladigan qiymati asosida aniqlanadi. Asosiy vositalarning obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga toʻgʻri keladigan, ilgari bu obyektlar boʻyicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan