Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana aksiz toʻlanadigan tovarlarga doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sana hisoblanadi. Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solish operatsiyalarini amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.