Soliq kodeksi 292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi

Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.