Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi: 1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar; 2) aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi; 3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chogʻida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash chogʻida olingan mablagʻlar; 4) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablagʻlar; 5) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qoʻshilgan hissa miqdorida olingan mablagʻlar; 6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar; 6¹ ) boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar; 6² ) “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bogʻliq ishlarni bajarishdan hamda mahallalar aholisiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar; 7) qonunchilikka muvofiq ushbu majburiyatlarning taʼminoti sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar; 8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muv