Soliq kodeksi 309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash xarajatlari

Soliq solish maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasidagi shartnomada (qarz oluvchi va qarz beruvchi oʻrtasidagi shartnomada) ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) xarajatlari oʻrnini ijaraga beruvchi (qarz beruvchi) tomonidan qoplash nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu modda qoidalari ijaraga oluvchining (qarz oluvchining) mazkur xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.