Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.