Soliq kodeksi 352-modda. Soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar

Quyidagilar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi: 1) yuridik shaxslar, shu jumladan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari; 2) yakka tartibdagi tadbirkorlar; 3) faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlar; 4) norezident boʻlgan yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari; 5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni oluvchi jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari, bundan ushbu qismning 3-bandida koʻrsatilganlar mustasno.