Soliq kodeksi 353-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq solinadigan daromad Soliq stavkalari, foizlarda 1 Dividendlar va foizlar 10 2 Sugʻurta, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari 10 3 Xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlar (fraxtdan olingan daromadlar) 6 4 Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb etilgan kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan chet el moliya institutlariga toʻlanadigan daromadlar 0 5 Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro toʻlov kartochkalari vositasida hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar 0 6 Boshqa daromadlar, bundan 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan daromadlar mustasno 20