Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari deb (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) quyidagilar eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar; 2) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar.