Soliq kodeksi 374-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash

Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) qonunchilikka muvofiq: a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtil uchun toʻlov, shuningdek ushbu taʼtildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlovi; b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov; v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtil va ijodiy taʼtillar uchun toʻlov; g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov; 2) asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar; 3) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun toʻlov; 4) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga toʻlov; 5) qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi; 6) maʼlum muddatga avvalgi ish joyi boʻyicha lavozim maoshi miqdori saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turgan xodimlarga maoshdagi farq toʻlovi; 7) xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi; 8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun toʻlov; 9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha toʻlov; 10) qonunchilikka muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun toʻlov; 11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun is