Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) foizlar; 2) dividendlar; 3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; 4) soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi; 5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga oid patent (litsenziya) egasi boʻlgan soliq toʻlovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi; 6) royalti; 7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk boʻyicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad; 9) ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar boʻyicha daromad; 10) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; 11) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar; 12) ushbu moddaning 1 — 11-bandlarida koʻrsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.