Soliq kodeksi 414-modda. Soliq imtiyozlari

Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi: 1) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari mustasno), jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlarining; 2) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkning; 3) yangi neft va gaz quduqlarining — ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab ikki yil muddatga; 4) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni joriy etgan soliq toʻlovchilar obyektlarining yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalari egallagan qismi boʻyicha — ushbu uskunalar foydalanishga qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch yil muddatga. Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan yangi neft va gaz quduqlariga nisbatan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugagandan keyin uch yil davomida belgilangan soliq stavkasining 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi qoʻllaniladi. Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi: 1) yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar; 2) umumiy quvvati quyidagicha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari: 100 kVtgacha boʻlgan — qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga, quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini toʻplash tizimi bilan quyosh panellari oʻrnatilganda esa — ushbu