Soliq kodeksi 422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq solish obyektlari Soliq stavkalari, foizlarda 1. Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha boʻlganlarini qoʻshib hisoblaganda), koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar 0,36 2. Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni: 200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha boʻlgan 0,48 500 kv.m dan ortiq boʻlgan 0,64 3. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari 0,48 4. Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari 1,5 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qoʻllaniladi. Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi. Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga nisba