Soliq kodeksi 427-modda. Soliq bazasi

Quyidagilar soliq bazasidir: qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni; qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati; davlat koʻchmas mulk obyektini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga “tasarruf etish huquqisiz” belgisini qoʻygan holda davlat orderi berilgan boʻlsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt boʻyicha sotib olish toʻlovlarining toʻlangan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni. Bunda soliqlar davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha sotib olish toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafig Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qoʻmitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi (koʻpaytiriladi). Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq