Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun toʻlovlar royalti deb eʼtirof etiladi, shu jumladan: sanʼat, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazalariga, chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga, audiovizual asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va fonogrammalarga boʻlgan mualliflik huquqlari; patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga oʻxshash turlari; sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari toʻgʻrisidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan qoʻllaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi tufayli) haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar bunday maʼlumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud boʻlmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin boʻlsa, bu axborot nou-xau deb tushuniladi. Quyidagilar uchun toʻlanadigan toʻlovlarga royalti sifatida qaralmaydi: 1) kompyuter dasturlaridan foydalanganlik (shu jumladan dasturni joylashtirilgan ichki imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yoʻli bilan moslashtirish), agar foydalanish shartlari bunday dasturning moʻljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan va uni takrorlash bunday foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻchirma nusxalar soni bilan chegaralangan boʻlsa; 2) shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning 1-bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari oʻzida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni (shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik; 3) kompyuter dasturlarini va maʼlumotlar bazalarini (hisoblash texnikasining dasturiy vositalarini va axborot mahsulotlarini) i