Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarini toʻlaydi, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar mustasno. Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar: soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) — har oyning 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida; soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻ