Soliq kodeksi 454-2-modda. Soliq solish obyekti

Ushbu Kodeksning 454³-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan (ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻini (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.