Soliq kodeksi 467-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/r Soliq toʻlovchilar Soliq stavkalari, foizlarda 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 5-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno 4 2. Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar 2.1. joylashgan joyiga qarab: aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda 4 boshqa aholi punktlarida 2 borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda 1 2.2. joylashgan joyidan qatʼi nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha 4 3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25 4. Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilar 0 5. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 1 Ushbu modda ikkinchi , uchinchi va toʻrtinchi qismlarining qoidalari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.