Soliq kodeksi 477-modda. Advokatlarga soliq solish

Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno: bojxona toʻlovlari; ijtimoiy soliq; toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar. Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar va yigʻimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.