Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi: ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 , 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha — mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa. Koʻrsatilgan soliqlarga nisbatan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati 2020-yil 31-dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin; ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 9-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha — oʻz faoliyatini toʻxtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori 2020-yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi oʻrtacha oylik koʻrsatkichga nisbatan 50 foizdan koʻproqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda 2020-yil 31-dekabrga qadar kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilib, kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik toʻlanadi. Ushbu Kodeksning 11-bobida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi. Soliqlarni, soliqlar boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlash boʻyicha foizsiz kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlashning: 1) ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan imkoniyati — soliq toʻlovchining arizasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshq