Soliq kodeksi 483-modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari

2020-yil 1-oktabrgacha boʻlgan davr uchun foyda soligʻini hisoblab chiqarishda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari boʻyicha toʻlovlarni kechiktirish imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi. 2020-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda: 1) turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) koʻrsatuvchi subyektlar, “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy boʻlinmalari, “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek “Oʻzaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasi: yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi; ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi; 2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard soʻmdan oshmaydigan, elektron hisob-fakturalarni qoʻllovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq toʻlovchilari qoʻshilgan qiymat soligʻini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning 37-bobida belgilangan tartibda hisoblab chiqarishga va toʻlashga haqli; 3) foyda soligʻini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga ushbu Kodeks 299-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar kiritilmaydi; 4) qatʼiy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda toʻlashni ushbu Kodeksning 408-moddasida koʻrsatilgan, karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini majburiy tarzda toʻxtatib turgan soliq toʻlovchilarga nisbatan toʻxtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning vaqtinchalik toʻxtatib tu