Soliq kodeksi 54-modda. Moliyaviy ijara va lizing

Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma boʻyicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) oʻn ikki oydan koʻp muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chogʻida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb eʼtirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech boʻlmaganda bittasiga javob berishi kerak: 1) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga oʻtkazilsa; 2) moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa; 3) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qatʼiy narx boʻyicha haqini toʻlab olish huquqiga ega boʻlsa; 3¹ ) islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini mulk huquqini oʻtkazish boʻyicha alohida shartnoma va unda belgilanadigan shartlar asosida qabul qilib olish huquqiga ega boʻlsa; 4) moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara toʻlovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb eʼtirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga koʻra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi boʻyicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi hamda uni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan shartnoma boʻyicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq eva