Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga oid xalqaro shartnomalarini va xalqaro soliq huquqining umumiy normalarini qoʻllash ushbu moddada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonlardan biri boʻlgan, ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish masalalarini tartibga soladigan xalqaro shartnoma qoidalari shunday shartnomani tuzgan bir yoki ikkala davlatning soliq rezidentlariga nisbatan qoʻllaniladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq rezidenti ushbu xalqaro shartnoma qoidalaridan mazkur xalqaro shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlmagan boshqa shaxs manfaatlarini koʻzlab foydalansa, tatbiq etilmaydi. Ushbu moddaning beshinchi — oʻn ikkinchi qismlari qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasiga muvofiq toʻlov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlash uchun qoʻllaniladi. Yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoxud uning manfaatlarini koʻzlab bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli boʻlgan oʻzga shaxs ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs deb topiladi. Bunda bu huquq ushbu yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etish yoki uning ustidan nazorat boʻlganligi yoxud boshqa holatlar tufayli yuzaga kelganligi ahamiyatga ega emas. Yuridik shaxs tashkil etmagan tuzilmaning daromadlariga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs xuddi shunday tartibda aniqlanadi. Daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlashda ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan vazifalar, shuningdek ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarni tasarruf eti