Soliq kodeksi 60-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar

Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi: asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari boʻyicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi; jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi; ijara (lizing) toʻlovi — ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan toʻlanadigan summa; ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi — moliyaviy ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) toʻlovi summasi va qiymati oʻrtasidagi farq; nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal toʻplagichlardagi fiskal maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar; ortiqcha toʻlangan soliq summasi (penya, jarima) — soliqning (penyaning, jarimaning) toʻlangan summasi bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq. Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha toʻlangan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) soliq toʻlovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi; ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining gʻayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida ortiqcha toʻlangan soliq summasi; tan olingan soliq qarzi — soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan bo