Ijroga topshirish muddati oʻtkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi. Ijro varaqasi yoki sud buyrugʻini ijroga topshirish muddatini oʻtkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari boʻyicha oʻtkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi.